Endi jinoyatchilarga maxsus elektron braslet taqib qo‘yiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilganlar va qamoqdagilarga elektron braslet taqib qo‘yiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida belgilangan.

Qayd etilishicha, jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan, o‘ziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslar va mahkumlarning qochish holatlarining oldini olish maqsadida elektron brasletdan foydalanish tizimi joriy etiladi.

Konvoy ostidagi shaxslar (jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan, o‘ziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslar hamda mahkumlar) qochishga uringanda (elektron brasletni yechish, shikast yetkazish, konvoychi xodimdan uzoqlashish va boshqa holatlarda) elektron braslet tovushli va vizual xabarni onlayn rejimda avtomatik tarzda biriktirilgan konvoychi xodimga va hududiy ichki ishlar organlari, Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy qismlari, tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish koloniyalarining navbatchilik qismlariga uzatadi.

Qochib ketishga uringan shaxslarni ularga taqilgan elektron brasletlardan uzatilayotgan “GPS” signallariga muvofiq “issiq izi”dan ushlash choralari ko‘riladi.

2024 yil 1 dekabrga qadar Ichki ishlar organlari konvoy bo‘linmalari elektron brasletlar bilan to‘liq ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

577

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing