Endi jinoyat qilgan voyaga yetmaganlardan “sudlangan” tamg‘asi olib tashlanishi mumkin
Jamiyat
−
06 iyun 2023
3612Bugun, 6 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksining 77 va 85-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan shaxsning voyaga yetmagan davrida sodir etgan jinoyati uchun qonun oldida o‘z jazosini to‘liq o‘tab bo‘lgandan so‘ng uning oqibatlari kelgusi hayotiga ta’sir qilmasligi va o‘z hayotini yangidan boshlashi uchun imkoniyat berilishini ta’minlash maqsadida voyaga yetguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi belgilanmoqda.
Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosining eng kam muddati 6 oydan 1 oyga qisqartirilmoqda. Shunga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilmoqda.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
LiveBarchasi