Endi yoshga doir pensiyalar fuqarolarning murojaatisiz tayinlanadi

Jamiyat

image

Yoshga doir pensiyalarni fuqarolarning murojaatisiz tayinlash tartibi joriy qilinadi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, pensiya ta’minoti tizimiga axborot texnologiyalarini faol joriy qilish orqali fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bosqichma-bosqich interaktiv va proaktiv shaklga o‘tkazilmoqda.

2024 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolarga pensiya tayinlashni so‘rab qo‘shimcha ravishda davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn murojaat qilish huquqi berilgan. 

Shuningdek, 2025 yil 1 martdan boshlab:

  • pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiyalar “avtomatik” tarzda, ya’ni hech qanday hujjat talab etmagan holda va fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi;
  • fuqaroning shaxsiga oid barcha ma’lumotlar (yoshi, jinsi, ish staji, ish haqi, to‘langan ijtimoiy soliq summasi va oila tarkibi kabilar) vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida 16 yoshdan hisobga olish tartibi joriy etilishi xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston pensiya yoshga doir pensiya tartibi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing