Endi o‘zbekistonliklar yana bir davlatda 30 kun vizasiz yurishi mumkin
Jamiyat
−
03 iyun 2022
22912Endilikda O‘zbekiston fuqarolari Mo‘g‘ulistonda 30 kun vizasiz qolishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda bugun, 3 iyun kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Batsumber Munxjin bilan uchrashuvda m’lum qilindi.
Muloqotda O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘lgani qayd etilib, tomonlarning siyosiy aloqalarni jadallashtirish, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kuchaytirishdan birday manfaatdorligi ta’kidlangan.
Shuningdek, O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalarining istiqbollari, shuningdek, Mo‘g‘uliston delegatsiyasining joriy yil sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi majlisidagi ishtiroki masalasi ko‘rib chiqilgan.
Muzokaralar yakunida quyidagi hujjatlar imzolangan:
• O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2022-2023 yillarda hamkorlik dasturi;
• O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Mo‘g‘uliston yo‘llar va transportni rivojlantirish vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi protokol.
Shu bilan birga, Mo‘g‘uliston tomoni O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartib joriy etilganini e’lon qilgan.
LiveBarchasi