Endi o‘zbekistonliklar Ozarbayjonda 15 kun davomida ro‘yxatdan o‘tmay yurishi mumkin

Olam

image

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida vizasiz sayohat qilishning yangi qoidalari kuchga kirdi. Endi ikki mamlakat fuqarolari 15 kungacha o‘zlari bo‘lib turgan davlatda ro‘yxatdan o‘tishga majbur emas. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, tegishli hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma tuzilgan va undagi o‘zgarishlar 15 yanvardan kuchga kirgan.

Endi O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolari ikki mamlakat hududiga kirish/chiqish, tranzit o‘tish va 15 kun muddatga o‘zlari bo‘lib turgan davlatning vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tish majburiyatidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, 1997 yil 18 iyunda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida fuqarolarning vizasiz safar qilish to‘g‘risidagi bitim imzolangan. Endilikda mazkur bitimga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Tegishli bayonnoma 2023 yil 22 avgustda Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida imzolanib, 2024 yilning 15 yanvaridan kuchga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 22 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga borgandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing