Endi O‘zbekiston harbiy prokurorini ham Prezident tayinlaydi

Jamiyat

image

Endi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Bosh prokuror taqdimiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Bu to‘g‘rida 30 oktyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan "Prokuratura to‘g‘risida"gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra:

viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, O‘zbekiston Respublikasi transport prokurori bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori bosh prokuror taqdimiga binoan prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Avval bu vakolat bosh prokurorda edi.

Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash, prokuratura organlari va muassasalari xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi ushbu qonunda, prezident tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomda, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident O'zbekiston harbiy prokuror

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing