Endi Turkiyada o‘zbek nisholdasi haqida bilishadi

Jamiyat

image

Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi O‘zbekistonda Ramazon oylarida tayyorlanib, dasturxonga tortiladigan foydali ne’mat — nisholda haqida o‘z mushtariylariga ma’lumot berdi.

“Barcha uchun sevimli bo‘lgan shirinlikni tayyorlash ro‘za kirishidan ancha oldin boshlanadi. Nisholda shirin kremni eslatadi. Uni odatda erkaklar tayyorlaydi. Bu san’at otadan o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tadi. Ovqat hazm bo‘lishiga яхши ta’sir qiladigan mazkur desert O‘zbekistonning barcha bozorlarida sotiladi. Shirinlik O‘zbekistondagi minglab oilalar iftorlik dasturxonining ajralmas qismiga aylangan”, deb yozadi Turkiyaning yetakchi axborot agentligi muxbiri.

“Bosfor yangiliklari” turk gazetasi esa asrlardan asrlarga bezavol o‘tib kelayotgan o‘zbek qadriyatlari timsollaridan biri o‘zbek noni haqida hikoya qiladi.

“O‘zbekistonda mehmonlarni hamisha palov va milliy o‘zbek noni bilan кутиб olishadi. Biror tadbir nonsiz o‘tmaydi. Bu kundalik hayot, qadriyatlar, urf-odatlar, e’tiqod, milliy ertaklar va umuman o‘zbek xalqi tarixining ajralmas qismidir. Toshkentda har bir do‘kondan non sotib olish bilan birgalikda har bir mahallada tunu kun ishlaydigan o‘z nonvoyxonalari bor. O‘zbek nonini tayyorlash retsepti xuddi o‘zbek palovi kabi ko‘p bo‘lib, har bir mintaqa, viloyat o‘zining takrorlanmas ta’mi va iforiga эга”, deya qayd etib o‘tadi nashr.


Maqola muallifi

Teglar

Anadolu Bosfor yangiliklari nisholda

Baholaganlar

23

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing