Endi Toshkent viloyatining 8 ta joyida “zagranpasport” beriladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati aholisiga Xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish uchun 5 dona texnik qurilma ajratilgan bo‘lib, fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent viloyati  IIBB MvaFRBga, Chirchiq shahar, Yangiyul shahar, Oxangaron va Buka tumanlariga o‘rnatilgan edi.

Ushbu tenik qo‘rilma o‘rnatilgan shahar-tuman IIB MvaFRBlarga xududi yaqin bo‘lgan 4-5 ta shahar-tuman aholisi xorijga chiqish pasportini olish uchun murojaat qilishlari mumkin edi.

Lekin, murojaat qilayotgan aholi soni ko‘pligi va ularning navbatda turib kolishlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi  raxbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazidan yana qo‘shimcha 3 dona texnik qo‘rilma olindi va ular Yuqorichirchiq, Zangiota va Chinoz tumani IIB MvaFRBga o‘rnatildi.

Bugungi kunda Ushbu qurilmalar quyidagi tarzda taqsimlangan:

Toshkent viloyati IIBB MvaFRBga

- Qibray tumani 
- O‘rtachirchiq tumani 
- Nurafshon shahar 

Chirchiq shahar IIB MvaFRBda

- Chirchiq shahar 
- Bo‘stonliq tumani 

Yangiyo‘l shahar IIB MvaFRBda

- Yangiyo‘l shahar 
- Yangiyo‘l tumani 

Oxangarontuman IIB MvaFRBda

- Ohangaron tumani 
- Ohangaron shahar 
- Olmaliq shahar 
- Angren shahar 
- Piskent tumani 

Bo‘ka tuman IIB MvaFRBda

- Bo‘ka tumani 
- Bekobod tumani 
- Bekobod shahar 
- Oqqurg‘on tumani 

Zangiota tumani IIB MvaFRBda

-Zangiota tumani
- Toshkent tumani 

Yuqorichirchiq tumani IIB MvaFRBda

- Yuqorichirchiq tumani
- Parkent tumani 

Chinoz tumani IIB MvaFRBda

-Chinoz tumani
-Quyichirchiq tumani 

Yil oxirigacha barcha shahar-tuman IIB MvaFRBlari texnik kurilmalar bilan tulik jixozlanishi rejaga kiritilgan.

Xodimlar tomonidan, xorijiy davlatlarga ketuvchi fuqarolarga ya’ni, ikkinchi jaxon urushi qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan fuqarolar, xomilador ayollar, yosh bolalar, nogironlar, kasallarninavbatsiz qabul qilish tizimi joriy etilgan.

Bundan tashqari xodimlarga dam olish kuni belgilanib, axoliga qulaylik yaratish maqsadida shanba va yakshanba kunlari navbatchilik tashkil etilib, fuqarolarni qabul qilish va tayyor pasportlarni egalariga topshirish ishlari ham tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing