Endi sharmanda qiluvchi uydirmalar bilan qo‘rqitib, pul so‘rash tovlamachilik deyiladi

3-sahifa

image

Endi shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qilish jinoyat sifatida baholanadi. Bu kecha, 19 yanvar kuni Prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilandi.

Jumladan, mazkur Qonun bilan Jinoyat kodeksining 165-moddasi birinchi qismiga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, endilikda jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib mulk talab qilish ham tovlamachilik sifatida jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pul talab qilish uydirmalar tarqatish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar