Endi shaxsni tasdiqlash uchun fuqarolar ichki ishlar bo‘limiga olib ketilmaydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda fuqarolarning shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yilning 1 yanvaridan Ichki ishlar organlari faoliyatiga bosqichma-bosqich “E-patrul” tizimi joriy etilib, fuqaroning shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyoti bekor qilinadi.

Shuningdek, barcha ma’lumotlar joyida planshet orqali tekshirilib, ichki ishlar organlari patrul-post xizmati xodimlarining faoliyati “bodikamera”dan foydalangan holda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, “E-patrul” tizimi faoliyatini raqamlashtirish uchun zarur kompyuter texnikalari va boshqa uskunalarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

382

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing