Endi sanitariya-epidemiologiya xulosasini olish yanada qiyinlashadi
Jamiyat
−
05 noyabr 2019
5181O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida” va “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi e’lon qilindi.
Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘rab quyidagilar sanitariya-epidemiologiya xulosasini berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib berish vaqtida oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati 80 foizdan kam bo‘lganida (ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan umumiy yaroqlilik muddatiga nisbatan foizda);
xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar tomonidan o‘tkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun tahlil bayonlari bo‘lmasa;
yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar bilan zararlanganligi aniqlanganda;
radioaktiv ko‘rsatkichlarning me’yorlardan yuqoriligi aniqlanganda;
mahsulot tarkibida geni modifikatsiyalangan organizmlar belgilangan me’yorlar darajasidan yuqori bo‘lganda;
parazitlar yoki ularning tuxumlari aniqlanganda;
laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari;
hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda.
Sanitariya-epidemiologiya xulosasini berishni rad etish bo‘yicha qaror qabul qilingan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining xududiy yoki tuman (shahar) markazlari tomonidan uning aniq sabablari va qonunchilikda belgilangan normalarini ko‘rsatgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda ma’lum qilinadi.
LiveBarchasi