Endi samolyotda uy hayvonlarining ham joyi bo‘ladi
Bu qiziq
−
23 dekabr 2023
4927Rossiya Federatsiyasining "Aeroflot" aviakompaniyasi uy hayvonlarini samolyot salonidagi yo‘lovchi o‘rindig‘ida tashish xizmatini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda kompaniyaning o‘zi rasmiy sahifalarida xabar berdi.
Bildirilishicha, yangi xizmat turi kompaniyaning shaxsiy reyslarida 2024 yilning 20 martigacha sinov tariqasida amalda bo‘ladi. Keyinchalik xizmatni doimiy ravishda uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Shuningdek, konteynerning maksimal og‘irligi uy hayvonlari bilan birga 15 kg ni tashkil qilishi talab etiladi. Bunda Hayvonlarga ajratilgan qo‘shimcha joy uchun to‘lov oddiy yo‘lovchi bilan bir xil miqdorda olinadi. Bu ekonom, komfort va biznes klassdagi joylarning har ikkisida ham qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu xizmatda hayvonlar konteynerga solingan holda o‘rindiqlarga joylashtiriladi. Bunda bitta yo‘lovchiga 1 ta konteyner olib ketishga ruxsat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya uy hayvonlarining holatini yaxshilash bo‘yicha qonun loyihasini ko‘rib chiqqandi. Unga ko‘ra, itlar boshqa oila a’zolari bilan teng ravishda cherkov va boshqa davlat muassasalariga borish huquqiga ega bo‘ladi. Iste’fodagi politsiya itlari umrbod pensiya oladi. Shuningdek, qonun loyihasida uy hayvonini egalaridan ajratish taqiqlanadi: agar egasi vafot etsa, hayvonlar qarindoshlari tomonidan boqilishi kerak.
LiveBarchasi