Endi Putin SSSRni fashizm bilan tenglashtirganlarni ayamoqchi emas

Olam

image

Endi Rossiyada SSSRni fashizm – natsistlar Germaniyasi bilan tenglashtirganlar jarimaga tortiladi. Bu haqda Prezident Vladimir Putin imzolagan “SSSRni natsistlar Germaniyasi bilan tenglashtirishni taqiqlash haqida”gi qonunda belgilangan.

Unga ko‘ra, qonunni buzgan fuqarolarga 1000 dan 2000 rublgacha jarima solinadi yoki 15 kungacha ma’muriy qamoqqa olish jazosi qo‘llaniladi, mansabdor shaxslarga esa 2000 dan 4000 rublgacha, yuridik shaxslarga 10 ming rubldan 50 ming rublgacha jarima solinadi. 

Takroriy huquqbuzarliklar yanada qattiqroq jazolar qo‘llashga olib keladi. Bunday holda fuqarolar uchun jarima 2,5 mingdan 5 ming rublgacha bo‘ladi, bundan tashqari, 15 kungacha hibsga olish qo‘llanilishi mumkin. Mansabdor shaxslar uchun 5 000 rubldan 20 000 rublgacha yoki olti oydan bir yilgacha diskvalifikatsiya qilinadi, yuridik shaxslar uchun 50 000 rubldan 100 000 rublgacha jarima belgilanadi yoki 90 kungacha faoliyati to‘xtatib qo‘yiladi.

Ishlarni ko‘rib chiqish sudyalar, ichki ishlar organlari (politsiya) mansabdor shaxslari, shuningdek “Roskomnadzor” xodimlarining vakolatlariga kiradi. Ular bunday huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish huquqiga ega bo‘ladi.

Federatsiya Kengashi qonunni 13 aprelda ma’qulladi, Davlat Dumasi hujjatni 6 aprelda qabul qildi.

2021 yil iyulda Putin SSSR va fashistlar Germaniyasining Ikkinchi Jahon urushi vaqtidagi maqsad va harakatlarini tenglashtirishni hamda sovet xalqining fashistlar ustidan qozonilgan g‘alabadagi hal qiluvchi rolini inkor etishni taqiqlovchi qonunni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

563

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing