Endi Putin Armanistonga borsa, hibsga olinadi

Olam

image

Bugun, 1 fevral kuni Armaniston Xalqaro jinoiy sudga (ICC) rasman qo‘shildi. Bu haqda “Armtimes” xabar berdi.

Shu tariqa Armaniston Xalqaro jinoiy sudning 124-a’zosi, Sharqiy Yevropa davlatlari orasida esa 19-a’zo bo‘ldi. 

O‘tgan yilning 14 noyabrida Armaniston Rim statutining ratifikatsiya hujjatini rasman topshirgan va uning 2024 yil 1 fevraldan kuchga kirishini kutayotgan edi.

Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan sudga yo‘llagan maktubida Armaniston Respublikasi sud bilan to‘liq va kechiktirmasdan hamkorlik qilishga va’da berishini aytgan. 

Ma’lumot uchun, Rim statutiga binoan, Xalqaro jinoiy sud tomonidan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga nisbatan hibsga olish orderiga ko‘ra, endi u Armanistonga kelsa, hibsga olinishi kerak.

Ushbu holatga munosabat bildirgan Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu Armanistonning suveren huquqi ekanini bildirdi.

“Armanistonning Xalqaro jinoiy sudga qo‘shilishi uning suveren ishi bo‘lib, Rossiya uchun bu Moskva va Yerevan munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi muhim”, degan u jurnalistlarga bergan bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Armanistonni g‘arbliklarning yolg‘onlariga ishonmaslikka chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Armaniston hibs Rim statuti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing