Endi piyodalar qorong‘ida nur qaytaruvchi nimcha kiyib yurishi shart

Jamiyat

image

Endilikda qorong‘ida maktab o‘quvchilari, veloyo‘lakda harakatlanuvchi shaxslar va piyodalar uchun nur qaytargichli jiletlardan foydalanish tartibi joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti matbuot kotibi Muzifa Sultonovaga tayanib, O‘zA ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, maktab o‘quvchilari homiylik ko‘maklari asosida nur qaytargichli jiletlar bilan ta’minlanadi.

Ushbu tartibning joriy etilishiga yo‘l transport hodisalarining oldini olish, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va ularning yuzaga kelib chiqish sabablarini aniqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, aslida O‘zbekistondagi yo‘l transport hodisalarining katta ulushi yo‘l infratuzilmasining yaxshi tashkil etilmaganiga to‘g‘ri keladi.

“2022 yilda sodir bo‘lgan 7636 ta yo‘l transport hodisasidan 3 980 tasi ya’ni 52% yo‘l infratuzilmasi to‘g‘ri tashkil etilmaganligi sabab yuzaga kelgan. Ularni ham tahlil qiladigan bo‘lsak, ularning:

a) 1168 tasi ya’ni (15,5%) piyodalar o‘tish joyi tashkil etilmaganidan;
b) 641 tasi (8,4%) veloyo‘laklar tashkil etilmaganidan;
d)  619 tasi (8,1%) yo‘lni ikkiga ajratuvchi to‘siqlar o‘rnatilmagan uchun;
e) 435 tasi  yo‘llar yaxshi yoritilmaganidan;
f) 481 tasida (6,3%) piyodalarning harakatini ta’qiqlovchi to‘siqlarning mavjud emasligidan; 
g) 344 ta (5%) YTH yo‘llarning torligi sabab kelib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

nur qaytaruvchi nimcha piyodalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar