Endi Parij do‘konlari tunda “svet”siz qoladi
Olam
−
02 noyabr 2022
8304Fransiya poytaxti Parijda energiyani tejash maqsadida do‘kon va ofislarni yoritish ish kunining oxirida to‘xtatiladi. Tegishli qaror Fransiya poytaxti meriyasi tomonidan qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Parijda endi raqamli ekranlarni va do‘kon oynalarini yoritishni o‘chirish talab qilinadi.
Agar do‘kon va ofis egalari ushbu tartibni buzadigan bo‘lsa, 750 yevrodan 1500 evrogacha jarimaga tortiladi.
Qayd etilishicha, 1 dekabrdan boshlab shahar, shuningdek, munitsipalitet tomonidan boshqariladigan barcha reklama taxtalarini mahalliy vaqt bilan soat 23:45 dan 06:00 gacha o‘chirib qo‘yiladi.
LiveBarchasi