Endi “otopleniye”ga yoz va bahorda pul to‘lanmaydi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi. 

Unga ko‘ra, 90-bandning “a” kichik bandi isitishga - isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon hisobida  bayon etilishi taklif qilinmoqda

Shuningdek, “kalendar yil mobaynida har oyda” so‘zlari  “isitish davrining har bir kuniga”, “kalendar” so‘zi “isitish davridagi kalendar” so‘zlari bilan almashtirish taklif qilingan.

Qonun loyihasi 5 fevralga qadar muhokama qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Issiqlik quvvati Otoplenie

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing