Endi old o‘rindiqdagi yo‘lovchi ham xavfsizlik kamarini taqishi shart bo‘ladi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, kecha, 12 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Yo‘l harakati qoidalari tasdiqlandi. Hamon to‘liq matni e’lon qilinmagan hujjatdan yangi ma’lumotlar ochiqlandi.

Yangilangan Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, transport vositalarining old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchilar xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shart (majburiy) bo‘ladi.

Shuningdek, aholi hamda haydovchilar o‘rtasida 7 yoshgacha bolalarni maxsus bolalar o‘rindig‘ida, 7 yoshdan 12 yoshgacha bolalarni maxsus ushlab turuvchi moslamali xavfsizlik kamarini taqqan holda tashish, transportning orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarini taqib olishlari bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 2022 yil 1 maydan amalga kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

608

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing