Endi odamlarning roziligisiz uylari buzib tashlanmaydi

Jamiyat

image
Endi eskirgan va avariya holatiga kelgan turar va noturar binolarni yangilash, qayta qurish va hududlarni obodonlashtirish ishlari aniq tartib asosida amalga oshiriladi hamda renovatsiyani amalga oshirishda mulk egalarining roziligi olinadi. Bu haqda Prezident “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi 1149-sonli qonunni imzoladi.
 
Qonunga ko‘ra, shaharsozlik renovatsiyasini amalga oshirish uchun shaharsozlik renovatsiyasi hududida joylashgan turar va noturar joylarning eskirganligi, yashash va foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib, avariya holatiga kelib qolganligi hamda hudud aholisining ijtimoiy hayotiga jiddiy ta’sir qiladigan holatlarning mavjudligi asos bo‘ladi.
  
Shaharsozlik renovatsiyasi quyidagi turlardan iborat:
  • mavjud ob’ektni asosiy konstruksiyasini o‘zgartirmasdan rekonstruksiya qilish;
  • mavjud ob’ektni buzish va bo‘shagan yer uchastkasida buzilgan ob’ekt toifasidagi yangi ob’ektni qurish;
  • yashil hududlarni va boshqa hududiy zonalarni tashkil etish.
 
Shaharsozlik renovatsiyasini amalga oshirish bo‘yicha taklif quyidagi sub’ektlar tashabbusiga ko‘ra kiritilishi mumkin:
  • davlat tashabbusiga ko‘ra;
  • huquq egalarining tashabbusiga ko‘ra;
  • uchinchi shaxslarning tashabbusiga ko‘ra.

 
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida shaharsozlik renovatsiyasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi. Ushbu jamg‘armalar renovatsiya loyihalarini moliyalashtirish va ularni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.


Renovatsiyani amalga oshirishda mulk egalarining roziligi olinadi


Qonunga movofiq, huquq egalari (shaharsozlik renovatsiyasi hududida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlarining egalari bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs) bilan ochiq muhokama renovatsiya loyihasining konsepsiyasi ishlab chiqilgan kundan e’tiboran 2 oy ichida o‘tkaziladi.
 
Hujjatda ta’kidlanishicha, ochiq muhokamada ob’ektlarni renovatsiya loyihasiga kiritish uchun har bir ob’ekt egalarining kamida 4/5 qismining notarial tasdiqlangan yozma roziligini olish renovatsiyani amalga oshirishning majburiy shartlaridan biridir.

Bunda huquq egasi renovatsiya loyihasini amalga oshirishda o‘z xohishiga ko‘ra kompensatsiya olishi yoki hissa qo‘shuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
 
Kompensatsiya quyidagi shakllarga ega bo‘lgan ketma-ketlikda bo‘lishi mumkin:
 

  • shaharsozlik renovatsiyasi amalga oshiriladigan hududda yangi quriladigan turar va noturar joy toifasidagi ob’ektni mulk qilib berish;
  • boshqa joydan turar va noturar joy toifasidagi ob’ektni mulk qilib berish;
  • pul mablag‘lari;
  • kelishuv bitimida nazarda tutilgan boshqa shakllar.


Ma’lumot uchun, renovatsiya – bu eskirgan, avariya holatiga kelgan yoki zamonaviy talablarga javob bermaydigan hududlarni yangilash va qayta qurish jarayoni.


Maqola muallifi

Teglar

turar va noturar binolar shaharsozlik renovatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar