Endi odamlar vafot etgan yaqinlari bilan “uchrashishi” mumkin (video)
Olam
−
10 fevral 2020
32507Janubiy Koreyaning televizion dasturida, ona vafot etgan yetti yashar qizini virtual reallik (VR) texnologiyasidan foydalangan holda ko‘rdi. Bu haqda kecha, 9 fevral kuni Kotaku nashri xabar berdi.
Shou mualliflari suhbat qura oladigan va atrofidagi odamlar bilan muloqot qila oladigan qizning modelini yaratdilar. Onasi virtual reallik moslamasini kiydi va qizi bilan bir necha daqiqa yolg‘iz qoldi. "Uchrashuv" davomida ona o‘z qizi bilan suhbatlashdi, o‘ynadi va uxlatish uchun yotog‘iga yotqizdi.
Ta’kidlanishicha, shou ishtirokchisi simulyatsiyada turli xil narsalarga tegishi uchun sensorli qo‘lqop bilan ham ta’minlandi. Uchrashuv taxminan o‘n daqiqa davom etdi. Shou mualliflarining fikricha, keyinchalik bunday "imkoniyat"dan dunyo bo‘yicha buyurtma asosida foydalanish mumkin.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi