Endi nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning boquvchilariga bir xil miqdorda nafaqa tayinlanadi
Jamiyat
−
18 fevral 2022
13237Endilikda nogiron bo‘lib qolishi muddatidan qat’i nazar nogironligi bo‘lgan shaxslarga bir xil miqdorda 622 ming so‘mga teng nafaqa tayinlanib boriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kecha, 17 fevral kuni imzolagan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirish to‘g‘risida”gi farmonda so‘z boradi.
Farmonga ko‘ra, nogiron bo‘lib qolishi muddatidan qat’i nazar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga bir xil miqdorda 622 ming so‘mga teng nafaqa tayinlanib boriladi. Daslabki hisob-kitoblarga asosan 49 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun nafaqa 41 foizga oshadi. Mazkur chorani amalga oshirishga 2022 yilga qo‘shimcha 81 mlrd so‘m ajratiladi.
Shuningdek, tizimning ijtimoiy adolatliligini saqlab qolish maqsadida nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdoridan past bo‘lgan nogironlik pensiyalari miqdori 622 ming so‘mgacha yetkaziladi. Bunda, nogironlik pensiyasini oluvchi 133 ming shaxslarning pensiya miqdori o‘rtacha 29 foizga oshadi. Mazkur chorani amalga oshirishga Pensiya jamg‘armasi hisobidan 2022 yilda qo‘shimcha 140 mlrd so‘m ajratiladi.
Farmonga muvofiq, doimiy parvarishga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarish qiluvchi ona(ota)larga minimal iste’mol xarajatlardan kam bo‘lmagan miqdorda (500 ming so‘m) nogiron bola parvarishi uchun yangi nafaqa joriy etiladi.
Yangi nafaqa joriy etilishi natijasida nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan onalar kafolatlangan bazaviy daromad manbai bilan ta’minlanadi.
Mazkur nafaqa Farmon bilan tasdiqlangan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxatidan kelib chiqib tayinlanadi. Natijada, dastlabki hisob-kitoblarga asosan 30 mingdan oshiq nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarish qiluvchi onalar uchun davlat byudjetidan 2022 yilda qo‘shimcha 157 mlrd so‘m ajratildi.
LiveBarchasi