Endi nodavlat bog‘cha va maktablarining litsenziya olishi osonlashadi
Jamiyat
−
01 iyun 2023
4822Joriy yilning 1 oktyabrdan boshlab nodavlat bog‘cha va maktablarga litsenziya berish talablari yengillashtiriladi. Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmon imzoladi.
Qayd etilishicha, nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi.
Nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlariga sport zalni ularga ijara va tekin foydalanish huquqi asosida tegishli bo‘lgan hamda belgilangan talablarga javob beradigan binolarda ham tashkil etishga ruxsat etiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
LiveBarchasi