Endi nasos stansiyalari xususiy sheriklikka beriladi – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekistonda nasos stansiyalari xususiy sheriklikka beriladi. Bu haqda bugun, 18 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida suv xo‘jaligida va farmatsevtika sanoatida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusi vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘z bordi.

Ma’lumki, uzoq dalalarga suv nasos stansiyalari yordamida yetkaziladi. Ularning aksariyati eskiligi tufayli elektr energiyasi iste’moli juda yuqori. Hali birorta ham yirik nasos stansiyasi muqobil energiya manbaiga o‘tkazilmagan. Shartlar aniq belgilanmagani sababli ko‘p tadbirkorlarning loyihalari to‘xtab turibdi, byudjetdan elektr uchun katta mablag‘lar sarflanayapti.

Shu bois Prezident raisligidagi yig‘ilishda nasos stansiyalarini xususiy sheriklikka berish, ularda muqobil energiya manbalarini joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bunga Toshkent Irrigatsiya instituti olimlari jalb qilinishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing