Endi men qaysi mahallaga kirishimni hech kim bilmaydi – Mirziyoyev
Jamiyat
−
10 fevral 2021 24671 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat dasturida rejalashtirilgan vazifalar bo‘yicha videoselektor davomida telemuloqot orqali Namangan viloyatidagi rejalarni o‘rgangan va viloyat hokimi bilan birga ayni paytda viloyatda bo‘lib turgan bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovning hisobotlarini tinglagan.
“Namangandagi har bir soha qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Endi qog‘ozda ura-ura qilish davri o‘tdi. Har bir soha bo‘yicha alohida o‘rganinglar. Chodakdagi havoning o‘zi boylik, turizm bo‘yicha qancha imkoniyatlarimiz bor. Endi men viloyatlarga tashrif buyurganimda qaysi mahallaga kirishimni hech kim bilmaydi”, degan davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu selektorda Prezident mahalla raislari va uchastka nozirlarini majlisga chaqirish taqiqlanishini aytib o‘tgandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28