Endi markaziy poliklinikalarda bolalar bo‘limi tashkil etiladi

Jamiyat

image

Uchinchidan, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda statsionar tibbiy xizmatlar kunduzi soat 13:00 ga qadar ishlaydi. Shu sababli, aksariyat aholi shifokor nazorati talab qilinmaydigan kechki davo olish uchun ham, shifoxonaga yotishga majbur. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan muloqotida so‘z ochdi.

“Birlamchi tizimda kunduzgi statsionarlar ish vaqtini uzaytirishni so‘rab, 500 dan ortiq murojaat kelib tushgan.

Shu bois, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqti soat 20:00 gacha uzaytiriladi. Ularda ishlaydigan shifokor va hamshiralar ish haqiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi”, deydi davlat rahbari.

Prezidentning qayd etishicha, aholining 11 million nafarini 18 yoshgacha bolalar tashkil etsa-da, tuman va shahar poliklinikalarida bolalar bo‘limi mavjud emas. Oqibatda, birlamchi bo‘g‘inda bolalarga manzilli va malakali tibbiy xizmatlar ko‘rsatilmagani uchun, ularni davolash ixtisoslashgan shifoxonalar zimmasiga tushmoqda.

“Aholining ko‘plab e’tirozlari ham, poliklinikalarda bolalar uchun sharoit yo‘qligi bilan bog‘liq. Endi, bu tizimni o‘zgartirish vaqti keldi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

2022 yil 1 maydan boshlab:

•    barcha ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda bolalar bo‘limi tashkil etiladi;

•    17 mingdan ziyod tibbiyot brigadalariga yana qo‘shimcha 8,5 mingta bolalar hamshirasi va doya (akusher) shtatlari beriladi. 

•    ular onalarga bolalarning sog‘lom bo‘lib dunyoga kelishidan tortib, voyaga yetguniga qadar, to‘g‘ri parvarish qilishni o‘rgatadi;

•    bolalar uchun profilaktik ko‘riklar dasturi qayta ko‘rib chiqilib, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pediatr, stomatolog, endokrinolog, ortoped kabi eng zarur mutaxassislar tomonidan manzilli ko‘rikdan o‘tkazish tizimi joriy qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing