Endi maktab va bog‘chalar atrofida radar o‘rnatiladi 

Jamiyat

image

Endi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida, shuningdek, tezlik chegarasi 30 km/soat qilib belgilangan hududlarda qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar o‘rnatiladi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda transport vositalarining tezligi soatiga 30 kilometrdan oshirilmasligi kerak. 

“Qoidalarga ko‘ra, tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetmasdan va o‘tib ketib 300 metrdan kam masofada transport vositalarining tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi”, deyiladi bu haqdagi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

maktab bog'cha radar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing