Endi kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2023
4867O‘zbekistonda 2023 yil 1 noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini boshqarishga oid hujjatlar elektron platformada shakllantiriladi va yuritiladi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 22 sentyabr kuni “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 492-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorda Inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni elektron platformada shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, Kadrlarga oid ma’lumot va hujjatlar quyidagi tizimlar:
- davlat organi tuzilmasi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari, qo‘shimcha bitimlar, vakant ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ya.MMT (my.mehnat.uz)ga;
- qabul qilingan ichki idoraviy hujjat (buyruq, qaror va farmoyish)larni ijroga qaratish uchun edu.ijro.uz axborot tizimiga;
- xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash uchun zarur ma’lumotlar UzASBO dasturiy majmuasiga avtomatik yuboriladi.
Bundan tashqari, Raqamli texnologiyalar vazirligi va DXRA (ARGOS) tomonidan 2023 yil 1 noyabrga qadar Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalining yangi talqini ishlab chiqiladi.
Ma’lumot uchun, davlat organlari rahbarlari 2023 yil 1 oktyabrga qadar davlat organlarining markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarini elektron platformaga ulash choralarini ko‘radi.
Mashhura Imomova
LiveBarchasi