Endi qoidabuzar xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekistondan chiqarib yuboriladi

Jamiyat

image

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar joriy yil 10 sentyabrdan respublikada bo‘lish tartibini buzganligi uchun O‘zbekiston hududidan chiqarib yuboriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Hujjatga muvofiq, respublika hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 2021 yil 10 sentyabrgacha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Qarorning bajarilishi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov zimmasiga yuklatilgan.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qaroriga ko‘ra, karantin joriy etilgan hududda vaqtincha bo‘lish muddati tugagan xorijiy fuqarolarga, shuningdek, ularni qabul qilgan uy-joy egalari hamda mansabdor shaxslarga nisbatan karantin muddati tugagunga qadar O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy choralar qo‘llanilmasligi belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing