Endi “importniy” tovarlarga ham iste’mol krediti beriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Endi chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga ham iste’mol krediti berilishi mumkin. Bu bo‘yicha kecha, 10 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Qonun bilan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, moliyaviy iste’mol kreditidan foydalanishda bitim tovarni (xizmatni) iste’molchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin.

Shuningdek, moliyaviy iste’mol krediti berish iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchi sub’ektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisob varag‘iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Moliyaviy iste’mol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

importnыy tovarlar iste'mol krediti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar