Endi ichki ishlar organlari faoliyatini jurnalistlar nazorat qiladi
Jamiyat
−
24 yanvar 2023
10148O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori imzolandi.
Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimini yaratish maqsadida soha olimlari, faxriylari va jurnalistlardan iborat jamoatchilik kengashlari tuziladi. U Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi.
Jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari quyidagilardan:
ichki ishlar organlari faoliyatida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, soha bo‘yicha ijtimoiy fikrni o‘rganish va tizimli monitoring olib borish;
ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida ijtimoiy fikr va jamiyat manfaatlari hisobga olinishini ta’minlash choralarini ko‘rish;
ichki ishlar organlari faoliyatidagi korrupsiya holatlari bo‘yicha internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarlarni batafsil o‘rganish va uning natijasini keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi