Endi fuqarolar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida 16 yoshdan hisobga qo‘yiladi
Jamiyat
−
08 fevral
6783O‘zbekistonda fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida 16 yoshdan hisobga olish tartibi joriy etiladi. Bu haqda “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga yangi o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida 16 yoshga to‘lgan fuqarolarni hisobga qo‘yish ularga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni berish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi belgilanyapti.
Shuningdek, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:
Belgilangan hollarda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun ariza talabgorning xohishiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan yuborilishi mumkin bo‘ldi.
Bunda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tadbirkorlik sub’ektining qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun asos bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda, maxsus elektron tizim vositasida vakolatli organga xabarnoma yuboradi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ orqali litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirishda yig‘im undirilmaydi. (Ilgari bunday qoida mavjud emas edi)
LiveBarchasi