Endi fohishalik bilan shug‘ullanganlar gepatitning ayrim turlariga majburiy tekshiriladi
Jamiyat
−
17 may 2022
99912022 yil 1 sentyabrdan fohishalik bilan shug‘ullangan shaxslar gepatitning ayrim turlariga majburiy skrining tekshiruvidan o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining kecha, 16 may kuni qabul qilingan “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 noyabrgacha jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reyestri ishlab chiqiladi.
Joriy yil 1 iyuldan:
• har yili respublika aholisini gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha, PZR tekshiruvlari soni 15 ming nafargacha, virusli gepatit “S” turi bilan kasallangan bemorlarni davolash 10,5 ming nafargacha yetkaziladi;
• har yili keng tarqalgan virusli infeksiyalar muammolarining ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan loyihalarga tanlovlar asosida mablag‘lar ajratiladi;
• Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanib tuzalganlarning (donorlarning) qon plazmasi banki yaratiladi;
• nodavlat tibbiyot tashkilotlari qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan xodimlar gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlanadi.
Shuningdek, 2022 yil 1 sentyabrdan fohishalik bilan shug‘ullangan (MJTK 190-moddasi) shaxslarga nisbatan javobgarlikni belgilash bilan birga ularni o‘z hisobidan gepatitning “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish tartibi amalga kiritiladi.
Bundan tashqari mazkur qarorga muvofiq, 2022–2023 yillarda epidemiologik ko‘rsatmaga muvofiq, davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi 119 016 nafar xodimning gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlanishi nazarda tutilgan. Joriy, 2022 yilda shundan 47 605 nafari gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlanadi.
2024 yil 1 yanvardan nodavlat tibbiyot tashkilotlarida qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan xodimlar gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlangan bo‘lishi hamda Reyestr yuritishi talab etiladi.
Abbos Lapasov
LiveBarchasi