Endi ekran ortidagi hidlarni his qilish mumkin

Texnologiya

image

Filmlar, teleko‘rsatuvlar va video o‘yinlardagi hidlarni taratuvchi uskuna taqdim etildi. Bu haqda “We Project” nashri xabar berdi.

Yaponiyaning Aromajoin CES kompaniyasi “Aroma Shooter Wearable” nomli hid taratuvchi uskunani ishlab chiqardi. 

“Aroma Shooter Wearable” uskunasi maxsus qattiq holatdagi kartridjlarda ishlaydi. Uskunaning narxi kartridjlar soniga qarab o‘zgarib boradi. Misol uchun, oltita kartridjli bunday uskuna taxminan 1000 dollarga tushadi. U qachon savdoga chiqarilishi haqida ma’lumot berilmagan.

Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, moslama yuzdan ortiq xushbo‘y hidlarni, jumladan okean shamoli, gilos, uzum va shaftoli, olma kabi mevalardan tortib, tog‘ havosigacha bo‘lgan hidlarni tarata oladi. 

Avvalroq, “Dyson Zone” kompaniyasi noodatiy quloqchinlarini taqdim etgani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing