Endi “dom”larni maktabga aylantirish mumkin

Jamiyat

image

2023 yil 1 apreldan boshlab maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish maqsadida yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda jihozlash orqali tashkil etishga ruxsat beriladi.

Bu imtiyoz 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida nazarda tutilgan.

Dasturda aytilishicha, buning natijasida maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etishda bino va inshootlar tanqisligini bartaraf etish maqsad qilingan.

“Masalan, bitta 150 o‘rinli davlat bog‘chasini qurish uchun o‘rtacha 6 mlrd so‘m mablag‘ talab etiladi. Bundan tashqari, yangi bog‘chani qurish uchun yer masalasi og‘irligicha qolmoqda. Shu bilan birga, bitta 3 xonali kvartirada 25 nafar bola uchun bog‘cha tashkil qilish mumkin. 150 nafar bola uchun 6 ta kvartirani xarid qilish va jihozlashga o‘rtacha 4 mlrd so‘m talab etiladi”, deyilgan dasturda.

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida ijaraga berilgan yer uchastkasida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini 
qurgan xususiy sherikka ushbu binoni mazkur loyiha uchun bank kreditlari bo‘yicha garovga qo‘yishga oid cheklovlar ham bekor qilinadi.

“Natijada, maktabgacha ta’lim bilan qamrovni oshirishda xizmat qilayotgan va zarur moliyaviy resurslarga muhtoj bo‘lgan 594 ta tadbirkorga qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi”, deya ta’kidlangan davlat dasturida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Jamoatchilik muhokamasi 17 fevralgacha davom etib, bunda har bir fuqaro ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, mazkur davlat dasturiga ko‘ra, 10-11 sinf o‘quvchilari endilikda o‘zlari xohlagan fanni tanlab, o‘qishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing