Endi davlat lavozimlariga faqat konkurs asosida ishga qabul qilinadi
Jamiyat
−
20 dekabr 2022 7877 1 daqiqa
Bundan buyon davlat lavozimlariga faqat konkurs asosida ishga qabul qilinadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 dekabr kuni Oliy Majlis palatalariga yo‘llayotgan murojaatida aytib o‘tdi.
“Bu yil “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi yangi Qonunni qabul qildik. Bundan buyon davlat lavozimlariga faqat konkurs asosida ishga qabul qilinadi. Barcha rahbarlar faoliyati samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholab boriladi”, deydi Prezident.
Shuningdek, davlat rahbari har yili 500 nafar mutaxassisni eng nufuzli xorijiy oliygoh va markazlarda o‘qitib kelishni va’da qildi.
“Kelasi ikki yilda har bir tuman va shahar hokimligiga respublika idoralarida yuqori lavozimlarda ishlagan, bilimli va tajribali kadrlar qo‘yiladi.
Yangi yildan boshlab har bir hokim o‘z tumaniga 40-50 million dollar xususiy investitsiyalarni olib kelishi kerak bo‘ladi”, deydi Mirziyoyev.
Live
Barchasi