Endi Bosh prokuratura yangi qurilayotgan yo‘llar sifati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi

Jamiyat

image

Joriy yilda O‘zbekistonda 2 ming 300 kilometr sement-beton qoplamali ichki yo‘llar barpo etiladi. Bu haqda bugun, 7 aprel kuni bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidladi.

“Har bir viloyatda yirik sement korxonalari va xususiy korxonalar bilan birgalikda yo‘l qurish va ekspluatatsiya klasterlarini tashkil etish orqali ichki yo‘llarning egasini topish bo‘yicha topshiriq bergan edim. Bu borada Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo va Navoiydagi ishlar ahvoli qolgan hududlarga qaraganda hali sust”, deydi Prezident.

Qayd etilishicha, 2022 yilda 2 ming 300 kilometr, shu jumladan Andijonda 270 kilometr, Farg‘onada 200, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida 190, Navoiy, Namangan va Samarqandda 180, Buxoro, Jizzax va Surxondaryoda 170, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 160, Sirdaryoda 150 kilometr sement-beton qoplamali ichki yo‘llar barpo etiladi. 

Buning uchun joriy yilda sement ishlab chiqarish hajmi 3,5 million tonnaga ko‘payadi. Ya’ni, joriy yil yakuni bilan mahalliy sement ishlab chiqarish hajmi 18 million tonnaga yetadi. Bu bilan ichki ehtiyojlar to‘liq qoplanadi.

Davlat rahbari Bosh prokuraturaga yangi qurilayotgan sement-beton qoplamali yo‘llar sifati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishni topshirdi.

Shu bilan birga, Buxoro, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida sement korxonalari mavjud emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu munosabat bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” ushbu viloyatlarda yo‘l qurish uchun temir yo‘l orqali sement va shag‘al tashishga 50 foiz chegirma beradigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing