Endi bog‘chadan tortib oliygohlargacha bayroq osish majburiy – Rossiyada

Olam

image

Joriy yilning 1 sentyabridan boshlab Rossiyadagi barcha ta’lim muassasalari o‘z binosiga doimiy mamlakat bayrog‘ini osib qo‘yishi majburiy bo‘ldi. Bu haqda Prezident Vladimir Putin tomonidan imzolangan tegishli qonun rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi. 

Qonun loyihasi 1 fevral kuni bir guruh deputatlar va senatorlar tomonidan Davlat Dumasiga taqdim etilgan. Parlamentning har ikki palatasi ham mart oyida tashabbusni ma’qullagan. Hujjat mualliflarining fikricha, bayroqdan foydalanish “ta’limning barcha bosqichlarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishning muhim elementidir”.

Qonunning amaldagi tahriri faqat umumiy ta’lim muassasalariga (maktab, gimnaziya va litseylar) nisbatan qo‘llanadi. Yangilik bolalar bog‘chalari, kollejlar va oliy o‘quv yurtlarini ham qamrab oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya bog'cha oliygoh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing