Endi ayrim mahsulotlarni eksport qilish uchun Prezident va Bosh vazir ruxsati kerak emas
Jamiyat
−
08 Sentabr 2021
5750O‘zbekistondan qator mahsulotlarni xorijga eksport qilish uchun o‘rnatilgan cheklov bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
Farmonga ko‘ra, endi chet elga un, tariq va dukkakli ekinlar, shu bilan bir qatorda mevalarni sotish uchun Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining ruxsati shart emas.
Yevropa mamlakatlariga qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilishda transport xarajatlarining 50 foizini kompensatsiya qilish tizimini bir yil muddatga joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, farmonga muvofiq Eksportni rag‘batlantirish agentligi yillik eksport hajmi 20 million AQSH dollaridan oshgan korxonalarga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun bir yilgacha muddatga 5 million AQSH dollarigacha mablag‘ ajratadi.
Dilnoza Jumayeva
LiveBarchasi