Endi ayrim xizmatlar uchun elektron hujjatdan foydalanish mumkin bo‘ladi
O‘zbekiston
−
22 Oktyabr 4290 1 daqiqa
Endi O‘zbekistonda fuqarolar bir qator xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etishi shart emas. Bu haqda joriy yilning 20 oktyabr kuni Adliya vazirligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan 3958- va 3959-raqamli idoraviy hujjatlarda belgilangan.
Mazkur o‘zgartishlar bilan 33 ta idoraviy hujjatga tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, fuqarolar biometrik pasport, ID-karta, tug‘ilganlik va nikoh guvohnomalari, pensiya guvohnomasi, nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma kabi hujjatlarning qog‘oz shakli o‘rniga my.gov.uz va “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi elektron shaklidan foydalanishi mumkin.
Raqamli hujjatlar quyidagi holatlarda qabul qilinadi?
- Banklarda – bank xizmatlaridan foydalanish va ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda shaxsni tasdiqlashda;
- notarial idoralarda – notarial harakatlarni amalga oshirishda;
- aeroportlarda – O‘zbekiston ichidagi aviareyslarga ro‘yxatdan o‘tishda;
- urush qatnashchilariga kompensatsiya berishda;
- telekommunikatsiya xizmatlarida – abonent bilan xizmat ko‘rsatish shartnomasini tuzishda;
- qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishda – donorning shaxsini tasdiqlashda;
- lombardlar bilan shartnoma tuzishda;
- tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmatlar ko‘rsatishda;
- fuqarolarni harbiy ro‘yxatga olishda va boshqa bir qator xizmatlardan foydalanishda.
Ma’lumot uchun, hukumatning 2024 yil 27 dekabrdagi 897-son qaroriga muvofiq, shaxsni tasdiqlovchi va boshqa bir qator hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etilgan.
Live
Barchasi“Demokrat.uz” rahbari qamaldi
12 Noyabr