Endi ayrim amaldorlar surunkali bitta lavozimni egallay olmaydi

Jamiyat

image

Endilikda davlat hokimiyatining bir qator lavozimlariga nisbatan ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimga saylanishi (tayinlanishi) mumkin emas. Bu norma yangilanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aks etmoqda. Bu haqda bugun, 9 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida deputat Jahongir Shirinov “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasiga tushuntirish berayotib aytib o‘tdi. 

Shirinovga ko‘ra, bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq bitta lavozimga saylanishini taqiqlash quyidagilarga nisbatan amal qiladi:

•    Qonunchilik palatasi Spikeri; 

•    Senat Raisi; 

•    amaldagi Konstitutsiyada belgilanganidek O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti; 

•    viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi; 

•    hokim; 

•    Oliy sudning raisi va rais o‘rinbosari; 

•    Sudyalar oliy kengashining raisi va rais o‘rinbosari; 

•    Markaziy saylov komissiyaning raisi; 

•    Bosh prokuror.

“Mana shu yuqorida sanab o‘tilgan lavozimdagi mansabdor shaxslar surunkasiga ikki muddatdan ortiq aynan bir lavozimga qo‘yilmaydi”, deydi Shirinov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing