Endi avtobuslar ham qoidabuzarliklarni qayd etib boradi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatidagi avtobuslar qoidabuzarliklarni qayd etib boruvchi videoregistrator uskunalari bilan jihozlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, avtobuslar mazkur videoregistratorlar orqali to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylar — bekatlardagi avtomobillarni, shuningdek, yo‘llardagi boshqa qoidabuzarliklar videosini maxsus tizimga joylashtirib boradi.

“Afsuski, bugun yo‘llarda harakatni tartibga solishda aksariyat hollarda faqat jarima, ya’ni jazo qo‘llash usuli ish bermoqda. Misol uchun, bekatlarda to‘xtash mumkin bo‘lmagani holda ayrim haydovchilar bu qoidaga amal qilmasdan jamoat transportiga xalal beryapti. Shu sababli bugun shaharda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan aksariyat avtobuslarga videoregistrator uskunalari o‘rnatildi. Endi ular nafaqat o‘zlariga xalal bergan, balki yo‘llardagi boshqa qoidabuzarliklar videosini tizimga joylashtirishlari mumkin”, deydi viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Boyxo‘rozov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing