Endi andijonlik 69 yoshli otaxonning uyidan nasha topildi (video)
3-sahifa
−
22 iyul 2025 6206 1 daqiqa
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda taqiqlangan ekinlarni yetishtirish hamda giyohvandlik moddalarini saqlash bilan bog‘liq holat fosh etildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Paxtaobod tumanida yashovchi, 1956 yilda tug‘ilgan shaxs yashash xonadonida temir tuvaklarda 16 tup nasha o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan. Shuningdek, tadbir davomida ushbu xonadondan 36 dona gugurt qutisiga solingan hamda sellofan paketda saqlanayotgan 1 kilogrammga yaqin quritilgan nasha giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida bayonnoma orqali rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) birinchi qismi hamda 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) beshinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida hovlisida 511 tup giyohvandlik o‘simligi ekkan 85 yoshli shaxs ushlangandi.