Endi hamma oltin izlashi mumkin
Jamiyat
−
13 fevral 2019
14433Hukumatning ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlariga kiritildi.
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan beriladi.
Ushbu qo‘shimchalar 2019 yil 1 martdan kuchga kiradi.
LiveBarchasi