Endi akademik ta’til olgan talabalar o‘qishni sirtqi, kechki, onlayn shakllarga o‘zgartirishi mumkin

Jamiyat

image
Imtiyozli abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilindi north_east

Imtiyozli abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilindi

Joriy o‘quv yilidan boshlab, akademik ta’til olgan talabalar o‘qishni sirtqi, kechki, onlayn shakllarga o‘zgartirishi va davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Bunda:

•    Qaramog‘ida/xonadonida bemorga qarashi lozim bo‘lgan talabalar;

•    sog‘ligi tufayli o‘qishga kelish imkoniyati bo‘lmagan talabalar;

•    sog‘ligiga ko‘ra uyda qolishi kerak bo‘lgan homilador ayol talabalar;

•    chaqalog‘i bor yosh talaba onalar;

•    harbiy xizmatni o‘tamoqchi bo‘lgan talabalar va boshqa asosli sabab ko‘rsatgan talabalar akademik ta’til olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘tgan davrdagi akademik ta’tildan hozirgisining farqi talaba o‘qishdan chetlatilmaydi.

Buning uchun talaba tahsil olayotgan oliygoh rektori nomiga akademik ta’til olishga sabab bo‘lgan omilni ko‘rsatgan holda ariza yozadi va ma’lumotnoma (spravka) taqdim qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing