Endi akademik ta’til olgan talabalar o‘qishni sirtqi, kechki, onlayn shakllarga o‘zgartirishi mumkin
Jamiyat
−
23 avgust 2021 6593 1 daqiqa
Joriy o‘quv yilidan boshlab, akademik ta’til olgan talabalar o‘qishni sirtqi, kechki, onlayn shakllarga o‘zgartirishi va davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Bunda:
• Qaramog‘ida/xonadonida bemorga qarashi lozim bo‘lgan talabalar;
• sog‘ligi tufayli o‘qishga kelish imkoniyati bo‘lmagan talabalar;
• sog‘ligiga ko‘ra uyda qolishi kerak bo‘lgan homilador ayol talabalar;
• chaqalog‘i bor yosh talaba onalar;
• harbiy xizmatni o‘tamoqchi bo‘lgan talabalar va boshqa asosli sabab ko‘rsatgan talabalar akademik ta’til olishlari mumkin bo‘ladi.
O‘tgan davrdagi akademik ta’tildan hozirgisining farqi talaba o‘qishdan chetlatilmaydi.
Buning uchun talaba tahsil olayotgan oliygoh rektori nomiga akademik ta’til olishga sabab bo‘lgan omilni ko‘rsatgan holda ariza yozadi va ma’lumotnoma (spravka) taqdim qiladi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr