Endi “Afrosiyob” poyezdining chipta narxi samolyotniki kabi o‘zgarib turadi 

Jamiyat

image

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” 2023 yilda 238 milliard so‘m zarar ko‘rgan. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ boshqaruv raisi Zufar Narzullayev Senatning ellik sakkizinchi yalpi majlisida ma’lum qildi.

Zufar Narzullayevning so‘zlariga ko‘ra, “Afrosiyob” biror yil foyda bilan ishlamagan. Yevropada, umuman, jahon miqyosida tezyurar poyezdlarning chipta narxi samolyot narxidan qimmat yuradi. Oddiy poyezdlarning chipta narxi ma’lum bir belgilangan tarif asosida ushlab turiladi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab yuqori tezlikda yuradigan poyezdlarning chipta narxi xuddi samolyotlarniki kabi o‘zgarib turadi.

“Bunda poyezd chiptasi narxi talabga qarab, xuddi samolyot chiptasi narxlari kabi o‘zgarib turadigan bo‘ladi. Qolgan oddiy poyezdlarning chipta narxlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tartibga solinadi”, deydi “O‘zbekiston temiryo‘llari” rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Afrosiyob” elektropoyezdi chiptalari narxi yana oshirilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing