Endi afrikaliklar ham kurash tushadi

Sport

image

O‘zbek milliy kurashi Afrika o‘yinlari dasturiga kiritildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi Xalqaro kurash assotsiatsiyasiga (XKA) tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘zbek kurashi 2023 yilning avgust oyida Kongo Demokratik Respublikasining Brazzavil shahrida o‘tadigan Afrika o‘yinlari tizimidan alohida sport turi sifatida rasman joy oldi.

Shu munosabat bilan Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi va texnik direktori Muhammad Rizo Nosiriy mazkur o‘yinlar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish maqsadida Kongoga xizmat safari uyushtirgan.  

“Tashrif davomida Kongo Yoshlar va sport, fuqarolik ta’limi vaziri Xuguyes Ngouyelondele bilan uchrashdi. Muloqotlar davomida kurashning Afrika o‘yinlaridagi texnik jihatlariga oid masalalar muhokama qilindi. Kurash musobaqalari uchun zarur bo‘lgan vositalar, texnik talablar va takliflar bildirildi”, deyiladi xabarda.

Vazir Xuguyes Ngouyelondele mamlakatda kurashni eng ommalashgan sport turlaridan biri darajasiga olib chiqish maqsadida yirik musobaqalar o‘tkazib kelinayotgani va hukumat darajasida qo‘llab-quvvatlanayotganini bildirib, Kongo kurash federatsiyasiga kurash gilami sovg‘a qilingani uchun minnatdorlik bildirgan. Shuningdek, u kelgusida kurash vatani – O‘zbekistonga tashrif buyurish rejasi borligini bildirib o‘tdi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida XKA bosh kotibi Rizo Nosiriy Afrika o‘yinlarida kurash musobaqalari o‘tadigan zallar, sportchi va hakamlar, texnik delegatlar uchun ajratiladigan majmualar bilan tanishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing