Endi abonent roziligisiz dastlab bepul bo‘lgan xizmatlar pullik qilinmaydi
Jamiyat
−
28 yanvar 3011 1 daqiqa
O‘zbekistonda endilikda abonent roziligisiz dastlab bepul bo‘lgan xizmatlar pullik qilinishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda joriy yilning 26 yanvar kuni davlat ro‘yxatdan o‘tkazgan Telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining yangi tahririda keltirilgan.
Qoidalarga ko‘ra, abonent – jismoniy shaxsdan tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi va xizmat uchun mablag‘ yechishda hisobni salbiy holatga (qarzdorlik holatiga) keltirish taqiqlanadi.
Abonentlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasining ishonch telefonlariga kecha-kunduz bepul qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligi belgilandi.
Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamlarini ko‘chirish endilikda xizmat ko‘rsatish punktlarida 8 ish soatida emas, balki 20 daqiqa ichida amalga oshiriladi.
Mobil aloqa abonentlariga pullik qo‘shimcha xizmatlarga obuna bo‘lish bo‘yicha kontent xizmatlari ko‘rsatishning quyidagi yangi tartibi belgilandi:
- xizmatlarni aktivatsiya qilish operatorlarning mobil ilovalari yoki USSD kodlar orqali amalga oshiriladi;
- abonentlarning rozilik tasdig‘ini olmasdan xizmatlarni avtomatik ulashga yoki dastlab bepul bo‘lgan xizmatlarni pullik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- kontent provayderlari tomonidan abonentlarga taqdim etiladigan barcha pullik xizmatlar dastlab nofaol holatda bo‘lishi kerak.
Mazkur hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oydan keyin kuchga kiradi.
Live
Barchasi