Endi aholi Toshkentdagi geografik ob’ektlarni nomlashda ovoz berishi mumkin
Jamiyat
−
05 dekabr 2022
3285Endi Toshkent aholisi poytaxtdagi geografik ob’ektlarni nomlashda ovoz berishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hokimlik huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan geonom. tashkent. uz sayti test rejimida ishga tushirilmoqda.
Ushbu saytga kirilganda elektron xarita paydo bo‘ladi. Ekranning pastki tomonida aholining fikrini o‘rganishga qaratilgan ikki yozuv tushirilgan. Ularning biriga kirgan fuqaro nomlanayotgan va qayta nomlanayotgan geografik ob’ektlarga ovoz berishi mumkin. Ikkinchi yozuvni bosish orqali yangi ob’ektlarga nom berish yuzasidan takliflar kiritiladi.
Ma’lum qilinishicha, saytdan foydalanish uchun avval undan ro‘yxatdan o‘tish lozim. Buning uchun fuqarolik pasporti ma’lumotlari va telefon raqami kerak bo‘ladi.
LiveBarchasi