Endi 30 yoshdan oshgan fuqarolar ham bojxona tizimida ishlashi mumkin

Jamiyat

image

Endilikda 30 yoshdan oshgan fuqarolar ham bojxona tizimiga ishga kirishi mumkin. Bu haqda bugun, 30 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida ma’lum qilindi. 

Yig‘ilishda “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bojxona auditini amalga oshirish va hujjatlarni tekshirish, Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i asosida o‘ttiz yoshdan oshgan fuqarolarni bojxona organlarining ixtisoslashtirilgan tarkibiy tuzilmalariga xizmatga qabul qilish mumkinligini belgilovchi normalar bilan to‘ldirilishi belgilandi. 

Ma’lumot o‘rnida, bojxona organlaridagi xizmatga tegishli darajadagi ma’lumotga ega bo‘lgan, o‘zining shaxsiy va ishchanlik fazilatlariga, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligiga ko‘ra bojxona organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ixtiyoriy asosda qabul qilinadi.

Shuningdek, bojxona organlaridagi xizmatga ishga kirishni xohlaydigan erkaklar muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikni o‘tagan bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtgacha bojxona organlaridagi xizmatga o‘n yetti yoshdan kichik va o‘ttiz yoshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshda bo‘lgan fuqarolar ixtiyoriy asosda qabul qilinardi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

407

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing